Biz haqimizda

 

 

 

Safia jamoasi bu – umumiy maqsadlar va g‘oyalar orqali birlashgan bitta katta va axil oiladir!

Biz o‘z ishimizni sevamiz!

Bizning shior - Oilamizda bo‘ling!

 

Kompaniyamizda 3000 ortiq xodimlar faoliyat yuritadi va ularning har biri o‘z ishini sevadi hamda Safia katta oilasining bir qismi ekanliklaridan faxrlanishadi. Korxonamizdagi har bir xodim umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shadi.

 

Kompaniya, har bir xodimini Safia qandolat uyi rivojiga qo‘shgan hissasi va mehnati uchun qadrlaydi.

 

Kompaniyamiz katta yutuqlarga erishib kelayotganlik va barcha jabhalardagi jarayonlar uyg‘unlikda amalga oshishi siri bu - har bir xodimimizning mehnatsevarligi, tashabbuskorligi va eng yaxshi natijalarga erishish ishtiyoqlari sabablidir.

 

Safia kompaniyasi HR jamoasi har kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi:

- HR strategiyalarni amalga oshirish orqali kompaniyani o‘z maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlash;

- eng yaxshi mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;

- qulay mehnat va malaka oshirish uchun sharoit yaratish;

-  fikr-mulohazalarni o‘rganish orqali ish jarayonlarini yaxshilash;

- har bir xodimni motivasiya qilish;

- kompaniyada samarali muloqotlarni o‘rnatib borish.

фотогалерея