Burger Embassy
Muntazam ravishda rivojlanib, biznes-jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirib, shuningdek, yangi marralarga intilgan holda, kompaniyamiz 2017 yil oxirida Burger Embassy — «Burgerlar Elchixonasi» yangi yo‘nalishini ishga tushiradi!
Ushbu ijodiy brend nomi ostida biz turli mamlakatlar reseptlariga asoslangan holdatayyorlanadigan burgerlar, xot-doglar, mazali qahvalarni taqdim etamiz!
Ayni damda poytaxtimizda 5ta filial faoliyat yuritadi: Burger Sum, Burger Minor, Burger Sergeli, Burger Zenit, Burger M-1
Aytish joizki, jamoamizning har bir vakili, barcha avlod mehmonlari bizga bildirgan ishonchini qadrlaydilar. «Burgerlar Elchixonasi» jamoasida hozirda 52 nafar xodim faoliyat yuritadi. Bizning ahil jamoamiz har kuni maskan mehmonlariga sifatli xizmat va mazali burgerlarni taqdim etishga harakat qiladi.
«Burgerlar Elchixonasi» bu – betakror ta’m va rohat yurtiga viza taqdim etiladigan maskan!