Kompaniyamiz har bir xodimga individual shaxs sifatida yondashib, ularning rivojlanishiga katta e’tibor beradi.
HR bo‘limining malakali mutaxassislari ishlab chiqilgan moslashuv, malaka dasturlari, iSpring onlayn-o‘qitish platformasi orqali jamoadagi har bir xodimning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganishadi, iqtidorlarini aniqlashadi va baholashadi hamda shu orqali har bir xodimga o‘z ish faoliyatida bilimlarini, iqtidorini samarali qo‘llashga ko‘maklashib, karyera qilishga yordam berishadi.
Biz kompaniyaning o‘quv markazi bazasida xodimlarni o‘qitish uchun qulay sharoit yaratamiz, tashqi ekspertlarni jalb qilib, ish joyidagi amaliy tajriba orqali har bir xodimning rivojlanishi va karyera qilishiga, o‘sishiga imkon beramiz.
Korxonada «Boshqaruvchilik maktabi», «Menejerlar maktabi», «Liderlar maktabi», «Ustoz va shogird maktab»lari mavjud bo‘lib, ularda o‘quv mashg‘ulotlari doimiy ravishda olib boriladi va ular yordamida xodimlar o‘z kasbiy saviyasini oshirib, ish faoliyatida yuqori pog‘onaga ko‘tariladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda kompaniya boshqaruv jamoasining 80 foizini bir vaqtlar yordamchi-stajyor sifatida boshlagan xodimlar tashkil etadi.
Xodimlarimizda biz professionallik, tashabbuskorlik, shaxsiy fazilatlar, korporativ xulq-atvorni rivojlantiramiz. Zero, kompaniyaning asosiy kapitali va muvaffaqiyatining asosiy omili bu - rivojlanishga, tashabbuskor va fidoyi bo‘lishga tayyor, ahil va malakali jamoadir.