Lumiere

LUMIERE oilaviy restoran bo‘lib, LUMIERE mehmonxonasi hududida joylashgan. Maskan o‘z mehmonlarini Yevropa oshxonasi taomlari bilan shod etadi. 

Ushbu restoran jamoamiz loyihalaridan biridir. 

LUMIERE – hamkorlar bilan uchrashish, ish kuni davomida bir oz hordiq chiqarib olish,  biznes tushlik qilish, shuningdek, oilangiz bilan yoqimli oqshom o‘tkazish uchun ajoyib va shinam maskan.

Muassasa mehmonlar uchun o‘z eshiklarini 2021 yilning yanvar oyidan boshlab ochgan va shu kundan buyon o‘z faoliyati bilan ularni xursand qilib kelmoqda. LUMIERE restorani yozgi ayvonchasi bilan birgalikda 114 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, mehmonlar halol mahsulotlardan bahramand bo‘lish imkoniga egalar. 

Maskanda mehmon "Yo‘q" yoki "Biz qila olmaymiz" degan salbiy javoblarni eshitmaydi, aksincha ularga doimo restoran jamoasi tomonidan muqobil bo‘lgan takliflar taqdim etiladi. Restoran jamoasining ishga bo‘lgan aynan shu yondashuvi maskanning o‘ziga hos tomonlaridan biri hisoblanadi. 

Mehmondo‘stlik, istiqbolli yutuqlar, o‘zaro hurmat, innovasiya, ishonch bu - LUMIERE jamoasining asosiy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. 

LUMIERE jamoasi shunchaki jamoa va brend emas. LUMIERE jamoasi bu - katta va ahil oila!

 

Gallereya