Safia
Safia brendi ochilganiga endigina 8 yil bo‘ldi va shunga qaramay shu qisqa vaqt ichida shaharda 70dan ortiq filiallar ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonning yirik shaharlari bo‘lmish Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Qarshida hamda qo‘shni mamlakat Qozog‘istonning Chimkent shahrida 2ta filiallarimiz faoliyat yuritmoqda.
Xodimlar soni esa 3000 kishini tashkil etadi va ularning barchasi o‘z sohasining ustalari.
Safia jamoasi har kuni mahsulot va xizmat sifati ustida tinim bilmay ishlaydi.
Bizning jamoamiz bu – o‘ziga xos an’ana va qadriyatlarga ega bo‘lgan katta va axil oila.
Oilamizning eng muhim qadriyati bu undagi o‘z taqdiri va hikoyasiga ega bo‘lgan ajoyib shaxslardir. Ularning har biri umumiy maqsad va g‘oyalar bilan birlashgan.
Bizning tariximiz bu – o‘z ishini biladigan hamda g‘ayrat va zavq bilan ishlaydigan butun bir avlod va insonlar hayotidir.
Bizning muvaffaqiyatimiz kaliti bu - biz bilan ishlaydigan insonlardir.
Biz har bir ishda faollikni va ishtiyoqni qadrlaymiz. Oilamizda o‘rnatilgan an’analar va qadriyatlar, jamoa tomonidan saqlanishi tarafdorimiz.
Safia jamoasi doimo rivojlanishga va hamkasblariga rivojlanishlarida yordam berishga intilib keladi.
Biz yangiliklarga ochiqmiz va o‘zgarishga tayyormiz. Biz zamon bilan hamnafasmiz.
Har doim ta’lim olib, o‘rganishga intilamiz.
Biz bilan ishlash foydali va qiziqarli, chunki biz quyidagilarni taklif qilamiz hamda taqdim etamiz:
• o‘qitish va malaka oshirish, shuningdek, kompaniyaning o‘quv markazi bazasida malaka oshirish, ish joyidagi amaliy tajriba orqali karyera qilish;
• puxta tashkil qilingan yangi xodimlar moslashuv tizimini;
• o‘z vaqtida to‘lanadigan va oshib boradigan oylik maoshni;
• bepul ovqatlanish, maxsus ish formasi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishni;
• uyga yaqin joyda ishlash imkonini (qulay joylashuv);
• qulay ish jadvalini;
• rasmiy tarzda ishga joylashishni.
Safia’da Siz tajribasiz ham yaxshi ishga joylashib, karyera qilishingiz mumkin, faqatgina o‘rganishga va yangi narsalarni bilishga yetarlicha xohishingiz hamda intilishingiz bo‘lgan taqdirdagina albatta!
Oilamizda bo‘ling!