Bahcivan


BAHÇIVAN turk oshxonasi restorani. Maskanda har bir taom turk oshxonasi an’analariga hurmat va muhabbat ila yondashgan holda tayyorlanadi.

Maskanda mehmonlar taomlardan behad mamnun bo‘lishlari uchun restoranning tajribali oshpazlari taomlarning nafaqat ta’miga, balki tashqi ko‘rinishiga ham katta e’tibor berib tayyorlashadi va tortiq etishadi. 

Maskan turli hil bayramlar, oilaviy tantanalar va shunchaki vaqtni chog‘ o‘tkazish uchun ajoyib restoran. Sokin ranglarda bezatilgan interyer mehmonlar uchun shinam muhitni yaratadi.

2021 yil dekabr oyidan boshlab maskan o‘z faoliyatini boshlagan. Restoranda shu kungacha o‘z ishini sevadigan, tajribali, jamoa bo‘lib ishlani biladigan, doim o‘rganishga va rivojlanishga tayyor bo‘lgan va to‘g‘ri muhitni yarata oladigan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Ular nafaqat jamoa, balki katta bir axil oila!

Biz oilamizda ishlashga, jamoa bilan birgalikda rivojlanishga va yangi narsalarni o‘rganishga ishtiyoqi bor xodimlarni ko‘rishdan doimo mamnunmiz.

Gallereya